Turkiya – Italiya. So'rovnoma natijalari

Eldor Akmurzayev
11 iyun 2021
Bugun Yevropa chempionatidan o'rin olgan ilk bahs Turkiya va Italiya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.

Ochilish uchrashuvi oldidan saytimizning 2 platformasida so'rovnoma o'tkazildi.

“Angliya futboli” storisidagi natijalarga ko'ra, biroz ustunlik Italiya tomonida – 52 ga 48 foiz.

Telegram'dagi sahifamizda o'tgan ovoz berish jarayonida to'qqiz mingga yaqin kuzatuvchi ishtirok etdi. Natijalar esa quyidagicha:

Turkiya g'alabasi – 37 %

Durang – 14 %

Italiya – 49 %

P.S. Ko'rib turganingizdek, bugun ko'pchilik Roberto Manchini shogirdlarining g'alabasiga ishonmoqda.

Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling! 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia