Turkiyada yana bir hakam kaltaklandi, oqibatda uning burni sindi

Оқил Абдубарноев
20 dek 2023
Turkiyada yana bir futbol hakami kaltaklandi.

Voqea havaskorlar ligasida sodir bo'lgan.

“Qumchatispor” klubi futbolchilari “Cizre Diclespor”ga qarshi o'yinda hakamlarga, keyin esa raqib futbolchilariga hujum qilishdi.

Natijada hakam yordamchisi Veysel Samsakning burni singan. Muxlislar “Cizre Diclespor” avtobusiga hujum qilishdi.

Eslatib o'tamiz, 11 dekabr kuni "Ankaraguju" klubi prezidenti Faruk Koja Turkiya Superligasining 15-turidan o'rin olgan "Rizespor" bilan o'yin yakunlangach hakam Halil Umut Melerga hujum qilgandi.

VIDEO


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Fotomaç