U-16 Osiyo chempionati. O'zbekiston oxirgi, Tojikiston birinchi savatchada

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2020
18 iyun kuni OFK shtab-kvartirasida o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi.

Kuala-Lumpurda mahalliy vaqt bilan soat 14:30da o'smirlar chempionatiga qur'a tashlash marosimi boshlanadi.

Ushbu qur'a jarayonida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 4-savatchadan joy oladi. Sababi mazkur savatchalar oldingi U-16 Osiyo chempionati natijalariga qarab tuzilgan. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi o'tgan qita chempionatiga chiqa olmagani bois so'nggi savatchadan o'rin olgan. Biz bilan bir savatchada bo'lgan Xitoy, Qatar va BAA guruh bosqichida bizga raqib bo'lishmaydi.

Ma'lumot uchun, bu yilgi qur'a tashlash jarayonida qo'shnilarimiz Tojikiston o'smirlari 1-savatchada bo'lishadi. Sababi ikki yil oldin o'tkazilgan U-16 Osiyo chempionatida Tojikiston finalga qadar yetib borgan va Yaponiyaga yutqazib qo'ygan edi.

Bahrayn musobaqa mezboni sifatida avtomatik tarzda birinchi savatchada bo'ladi.


U-16 Osiyo chempionati-2020 savatchalar ro'yxati:

1-savatcha: Bahrayn, Yaponiya, Tojikiston, Janubiy Koreya.

2-savatcha: Avstraliya, KXDR, Indoneziya, Ummon.

3-savatcha: Hindiston, Eron, Yaman, Saudiya Arabistoni.

4-savatcha: Xitoy, O'ZBEKISTON, Qatar, BAA.



Eslatib o'tamiz, bu yilgi U-16 Osiyo chempionati 16 sentyabr - 3 oktyabr kunlari Bahrayn mamlakatida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia