U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralashi. Afg'oniston ham mag'lub etildi

Narzulla Saydullayev
8 noya 2019
O'zbekiston U-19 terma jamoasi bugun Osiyo Chempionati-2020 saralashidagi ikkinchi o'yinni o'tkazdi.

O'zbekiston U-19 terma jamoasi saralashning “F” guruhidan o'rin olgan va guruhda Saudiya Arabistoni, Hindiston hamda Afg'oniston terma jamoalari bilan bahs olib boradi. U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari Saudiya Arabistonidagi Xobar shahrida o'tkazilmoqda.

Ilk uchrashuvni vakillarimiz hindistonlik tengqurlariga qarshi o'tkazib 2:0 hisobida g'alabaga erishishgadi. Bugun esa Afg'oniston xuddi shu hisobda taslim etildi - 2:0. Gollarga Odilbek Abdumajidov va Diyorbek Rahimqulov mualliflik qilishdi.



U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralashi

O'zbekiston – Afg'oniston 2:0
Gollar:
Odilbek Abdumajidov (36), Diyorbek Rahimqulov (41).

O'zbekiston U-19Abduvohid Ne'matov, Odilbek Abdumajidov, Ibrohimhalil Yuldoshev, Ulug'bek Xoshimov, Jasurbek Jaloliddinov, Sunnatilloxon Hamidjonov, Diyor Ramazonov, Ruslan Roziev, Muzaffar Olimjonov, Xurshidbek Ubaydullaev, Diyorbek Rahimqulov

Zaxira: Saidazamat Mirsaidov, Davron Anvarov, Alibek Davronov, Xojimat Erkinov, Ibrohim Ibragimov, Behzod Shamsiev, Asadullaxon Polvonov, Eldorbek Begimov, Islomjon Abdullaxonov, Muhammadqodir,  Rahimberganov Otabek Jo'raqo'ziev




“F” guruhi o'yinlari taqvimi
6 noyabr

21:05 | Saudiya Arabistoni – Afg'oniston 1:0
17:05 | O'zbekiston – Hindiston 2:0

8 noyabr
17:05 | Afg'oniston – O'zbekiston 0:2
21:05 | Hindiston – Saudiya Arabistoni

10 noyabr
21:05 | Saudiya Arabistoni – O'zbekiston
17:05 | Hindiston – Afg'oniston



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia