U-20 jahon chempionati-2027. Finalga O'zbekiston mezbonlik qiladimi yoki Ozarbayjon?

Оқил Абдубарноев
4 okt 2025
Xabaringiz bor, bir necha kun ilgari FIFA 2027 yilgi 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati O'zbekiston va Ozarbayjon yashil maydonlarida o'tkazilishini e'lon qildi.

Kichik mundialda 24 ta terma jamoa ishtirok etadi. Mezbon sifatida avtomatik tarzda qatnashadigan Ozarbayjon va O'zbekistondan tashqari 22 mamlakat saralash bosqichida ishtirok etadi. Yakuniy bosqichga quyidagicha kvotalar ajratilgan:

OFK (Osiyo): 5 o'rin (ulardan biri – O'zbekiston);

CAF (Afrika): 4 o'rin;

CONCACAF (Shimoliy va Markaziy Amerika): 4 o'rin;

CONMEBOL (Janubiy Amerika): 4 o'rin;

OFC (Okeaniya): 1 o'rin;

UEFA (Evroa): 5 o'rin (ulardan biri – Ozarbayjon);

Konfederatsiyalararo pley-off: 1 o'rin.

To'rt jamoadan iborat pley-off musobaqasi jahon chempionatining so'nggi ishtirokchisi bo'ladi. Pley-off bosqichi uchun quyidagicha kvotalar ajratilgan:

AFC (Osiyo): 1 o'rin;

CONMEBOL (Janubiy Amerika): 1 o'rin;

OFC (Okeaniya): 1 o'rin;

UEFA (Evroa): 1 o'rin.

Kichik musobaqa markazlashgan holda o'tkaziladi va ikkita bir bosqichli yarim final hamda final o'yinlaridan iborat bo'ladi. Final g'olibi jahon chempionatiga yo'llanma qo'lga kiritadi.

Har bir mamlakat 26 ta o'yinga mezbonlik qilishi kutilmoqda. Bular qatoriga guruh bosqichidagi 18 ta o'yin, 1/8 final bosqichidagi 4 ta uchrashuv, 2 ta chorak final va bir yarim final kiradi. 

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, Boku shahrida final uchrashuvi, Toshkentda esa ochilish o'yini va uchinchi o'rin uchun bellashuv o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Turnirning rasmiy taqvimi e'lon qilinmagan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia