U-20 Jahon chempionati. O'zbekiston nimchorak finalda kim bilan o'ynaydi?

Narzulla Saydullayev
27 may 2023
Kecha tunda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Gvatemalani 2:0 hisobida mag'lub etdi va keyingi bosqichga chiqdi.

Ko'pchilikda savol tug'ilmoqda: Endi O'zbekiston kim bilan o'ynaydi?

Javob: Nimchorak finalda A guruhida ikkinchi o'rinni egallagan jamoa (O'zbekiston) C guruhida ikkinchi o'rinni egallagan jamoaga qarshi o'ynaydi.

"C" guruhida qaysi jamoalar bor?

Kolumbiya - 6 ochko
Yaponiya - 3 ochko
Isroil - 1 ochko
Senegal - 1 ochko




So'ggi turda Kolumbiya Senegal, Yaponiya Isroil bilan o'ynaydi. Agar Kolumbiya va Yaponiya o'z o'yinlarida g'olib bo'lishsa Yaponiya ikkinchi o'rinni egallaydi. Agar Yaponiya Isroilga yutqazib qo'ysa, Yevropa jamoasi bizga raqiblik qilishi mumkin.

Ushbu guruhdagi 3-tur bahslari bugun tunggi soat 02:00da boshlanadi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia