Ukraina kubogi finalida "Shaxter" va "Dinamo" to'qnash kelishadi

Narzulla Saydullayev
8 may 2014
Chorshanba kuni Ukraina kubogi finalchilari ma'lum bo'ldi.
Hal qiluvchi o'yinda Kievning "Dinamo" klubi Doneckning "Shaxter" klubiga qarshi o'ynaydi. Kiev klubi yarim finalda "Chernomorec"ni 4:0 hisobida taslim qildi, "Shaxter" esa qo'shimcha vaqtda "Slavutich" qarshiligini sindirdi - 3:0.
 
Ukraina kubogi finali 15 may kuni bo'lib o'tadi. Dastlab bahs Xarkovda bo'lib o'tishi rejalashtirilgandi, ammo keyin o'yin boshqa joyga ko'chirilishi haqida qaror qabul qilindi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru