Van Gal: "Evansning Sissega tupirmaganiga ishonaman, mavzu yopildi"

Aslanov Jasurbek
6 mar 2015
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvda yuz bergan vaziyat haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, bu uchrashuvda "Manchester Yunayted" himoyachisi Jonni Evans va "Nyukasl" hujumchisi bir-biriga tupirgan. Sisse o'z aybini tan oldi va etti o'yinga diskvalifikaciya qilindi. Evans esa bu ishni qilmaganini ta'kidladi.

"Oldin takidlaganimdek, Jonni Sissega tupirgani yo'q. So'lak sachragani bo'lishi mumkin, ammo bu insonlar orasidagi odatiy holat. U rostdan ham bu ishni qilganini tasavvur qila olmayman, u ham shu gapni aytdi, demak mavzu yopildi. FA to'g'ri qaror qabul qiladi deb o'ylayman" - deydi van Gal.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com