"Vilyarreal" Setenni ishdan bo'shatdi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2023
"Vilyarreal" bosh murabbiyi Kike Setenni iste'foga chiqardi.

Bu haqda "sariq suvosti kemasi" rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Ispaniyalik mutaxassisning ishdan bo'shatilishiga mavsum boshidagi qoniqarsiz natijalar sabab bo'ldi. Ispaniya La Ligasining dastlabki 4 turida 3 ta mag'lubiyat alamini totib ko'rgan "Vilyarreal" bor-yo'g'i 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Jamoa hozirda chempionat jadvalida 15-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Seten "Vilyarreal"ga o'tgan mavsum Unai Emeri "Aston Villa"ga yo'l olgach kelgandi. Avvalroq Kike 2019/20 yilgi mavsum "Barselona"da faoliyat yuritgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Reuters