Virc yozda "Real"ga o'tadimi?

Sherzod Nurmatov
17 noya 2025
Florian Virc Xabi Alonso boshchiligidagi "Real"ning asosiy nishonlaridan biri bo'lib qolmoqda.

Germaniyalik yarim himoyachi o'tgan yozda "Liverpul" bilan shartnoma imzolaganiga qaramay, Alonso Florianni o'z futbol falsafasiga boshqalardan ko'ra ko'proq mos kelishiga ishonadi.

"Defensa Central" nashrining xabar berishicha, Madrid klubi bu juda qiyin kelishuv ekanligini biladi, ammo futbolchini munosib narxda sotib olish imkoniyati paydo bo'lsa, klub Alonsoga transferni tashkil qilishga vada bergan.

Agar "Liverpul" jamoada yaxshi tassurot qoldirolmayotgan futbolchi bilan xayrlashishga qaror qilsa, "Real" kelasi yozda muzokaralarga kirishadi, ammo bu faqat 70-75 million evro doirasida bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Defensa Central