Xedira: “Bolaligimdan APLda o'ynashni orzu qilaman”

Eldor Akmurzayev
19 noya 2020
“Yuventus” yarim himoyachisi Sami Xedira qishki transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

“Yoshligimdan doimo APLda o'ynashi orzu qilaman. Faoliyatimdan mamnunman, ammo Angliyada o'ynash bu men haligacha his etmagan narsadir. Bolaligimda Angliya chempionatining ko'plab o'yinlarini tomosha qilardim, endi esa ligani boshqacha e'tibor bilan kuzatmoqdaman. Chempionlar Ligasida Premer-liga jamoalari bilan to'qnash kelish esa men uchun har safar qiziq bo'lgan”, deydi Xedira.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport Germany