Yang: "Manchester Yunayted"da hujumchi rolida o'ynashga tayyorman"

Aslanov Jasurbek
15 sen 2015
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Eshli Yangning takidlashicha, u jamoada hujumchi joyida ham o'ynashi mumkin.

"Agar murabbiy meni shu poziciyaga qo'ymoqchi bo'lsa, albatta o'ynayman. Hujum yoki yarim himoyadagi ko'plab poziciyalarda o'ynay olaman. Qayerda o'ynashimni murabbiy hal qiladi.

Har bir futbolchi asosiy tarkibda bo'lishni istaydi va men ham shuni xohlayman. Iloji boricha ko'proq maydonda vaqt o'tkazishni istardim, ammo zaxiradan o'yinga qo'shilsam, murabbiyga 100% tayyor ekanligimni isbotlashga harakat qilaman" - deydi Yang.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com