"Yunayted" "Siti"ni qay tariqa mag'lub etdi (FOTOGALEREYA)

Tolibjon Qosimov
21 iyul 2017
Bugun ertalab "International Champions Cup" doirasida Manchester derbisi bo'lib o'tdi.

Unda Joze Mourinyo boshchiligidagi "Yunayted" Xosep Gvardiola boshchiligidagi Manchesterning boshqa bir klubi "Siti"ni mag'lub etdi. Quyida uchrashuv fotogalereyasini e'tiboringizga havola etamiz.

Uchrashuv Xyustondagi stadionda bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda to'pni ramziy manoda birinchi bo'lib amerikalik qo'shiqchi Dreyk tepib berdi.

O'yinda hisobni 37 daqiqada Romelu Lukaku ochdi.

"Shaharliklar"ning yangi xaridi Ederson debyut o'yindayoq jiddiy raqibga qarshi maydonga tushdi va o'z darvozasidan ikkita to'p olib chiqdi.

Ikkinchi golni 39 daqiqada Markus Reshford kiritdi.

"Manchester Yunayted"ning yangi sardori Maykl Kerrik.


"Siti" yaqindagina "Tottenxem"dan sotib olgan Kayl Uoker.


"International Champions Cup"da Manchester derbisi bo'lib o'tdi. Lukaku o'zining navbatdagi golini urdi (foto+video)


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia