"Yuventus" 14,3+3 mln. evroga kosovalik futbolchini sotib oldi

Aslanov Jasurbek
2 sen 2025
Edon Jegrova "Lill"dan "Yuventus"ga o'tdi.

Turin klubi 26 yoshli vinger bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi.

Kosovalik transferi uchun turinliklar 14,3 million evro to'ladi, shuningdek, 3 million evro miqdorida bonus to'lovlari ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, "byankoneri" 1,2 million evro miqdorida qo'shimcha xarajatlarni ko'taradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: juventus.com