“Yuventus”​ Golovinni sotib olish fikridan qaytdi​

“Yuventus” SSKA va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovinni qo'shib olish fikridan qaytdi.

Turin klubi 22 yoshli futbolchining transferi borasida armiyachilar bilan kelisha olmadi va muzokaralardan chiqdi. “Yuventus” Golovin uchun 23 million evro bonuslar taklif etdi, biroq SSKA 30 million evro talab qildi. Goal.com xabariga ko'ra, futbolchi uchun kurashda “Chelsi” yetakchilik qilmoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, londonliklar bu borada muzokaralarni boshlagan, “Yuventus” esa endi yangi taklif bildirmaydi.


Manba: Goal.com