"Yuventus" va "Kalyari" Evroning eng yosh o'yinchisiga qiziqmoqda

Alisher
21 iyun 2021
"Pogoni" yarim himoyachisi Kasper Kozlovski faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, Yevropa chempionatining eng yosh o'yinchisiga aylangan 17 yoshli polshalikka "Yuventus" va "Kalyari" klublari qiziqish bildirmoqda.

Kozlovski 2020/21 yilgi mavsum Polsha chempionati doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 5 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira