"Yuventus" yangi bosh murabbiy borasida muzokaralarni boshladi

Aslanov Jasurbek
27 okt 2025
"Yuventus"dagilar jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Luchano Spalletti yoki Roberto Manchinini tayinlash imkonini ko'rib chiqmoqda.

Bugun "byankoneri" Igor Tudorni ishdan bo'shatdi.

Jurnalist Janluka Di Marcio ma'lumotiga ko'ra, "Yuventus" "Roma", "Zenit", "Inter", "Napoli" va Italiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Spalletti bilan dastlabki muzokaralarni boshladi.

Shuningdek, klub hanuz Roberto Manchini nomzodini ham ko'rib chiqmoqda. U avval "Inter", "Manchester Siti", "Zenit" va Italiya terma jamoasida ishlagan. Raffaele Palladino varianti esa hozircha ustuvor hisoblanmayapti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com