Jonson yanvar oyida APLning eng yaxshi futolchisi deb topildi
Tolibjon Qosimov
7 fev 2014
"Sanderlend" yarim himoyachisi Adam Jonson Angliya premer Ligasining yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Jonson yanvarda "Fulxem"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd qilishga erishdi. Aynan shu o'yinda u golli pas berishga ham muvaffaq bo'lgandi. Yarim himoyachi "Sauigempton" va "Stok Siti"ga qarshi o'yinlarda ham gollarga mualliflik qilgan.