A Seriya klubi Depayni nishonga oldi

Alisher
9 iyun 2020
"Lion" hujumchisi Memfis Depay faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 26 yoshli forvard "Milan"ning bosh transfer maqsadi hisoblanadi.

"Lion" niderlandiyalik futbolchi bilan tuzilgan shartnomani uzaytirmoqchi, ammo Memfis Fransiyada qolmoqchi emas.

Depay joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato