Ansu Fati: "Barselona"dan doimo minnatdorman"

Mirjalol Normatov
3 iyul 2025
Ansu Fati "Barselona"dan "Monako"ga o'tishi haqila gapirdi.

"Barselona" haqida

"To'g'risini aytsam, o'zgarishlar doimo yaxshilikka bo'lishi kerak. Ushbu mavsum shu yerda bo'laman, lekin meni o'stirgan, menga katta tajriba bergan klubimga minnatdorlik bildiraman. Garchi ko'pchilik uchun bu yomon bo'lsa-da, men katta tajriba oldim.

Bu rost, barchasini yaxshi boshlagandim. Keyin jarohat oldim va barqarorlikni yo'qotdim. Umid qilamanki, bu yerda barchasi boshqacha bo'ladi. Men yana barqarorlikka erishaman va ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'laman".

"Monako" haqida

"Bu yerda bo'lishdan mamnunman. Menga ishonch bildirgani uchun "Monako"ga rahmat aytaman. Bu yerda men o'zimni baxtli his qilyapman. Yangicha chaqiruvni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Fati taqdimot marosimida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo