APL. "Everton" o'z maydonida "Lids Yunayted"ga imkoniyatni boy berdi

Angliya chempionatining 10-tur bahslari davom etadi.

Bugun Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Everton" "Lids Yunayted" futbolchilarini qabul qildi. Biroz avval yakuniga etgan bahsda mehmonlarning g'alabasi qayd etildi. Uchrashuvda hisobni "Lids" yarim himoyachisi Rafinya Dias 79-daqiqada ochdi. 23 yoshli braziliyalik futbolchining goli o'yin yakuniga qadar yagonaligini saqlab qoldi → TURNIR JADVALI.

Everton – Lids 0:1

28 noyabr, 22.30, Gudison Park

Gol:

0:1 – 79 Rafinya.

Everton – Pikford, Godfri, Kin, Xolgeyt (Bernard, 82), Devis (Delf, 61), Dukure, Ivobi (Andre Gomesh, 67), Allan, Xames, Risharlison, Kelvert-Lyuin.

Lids – Mele, Eyling, Kox, Kuper, Dallas, Klix, Fillips, Alioski, Xarrison (Elder Koshta, 89), Rafinya (Poveda, 85), Bemford (Rodrigo, 90).

Ogohlantirishlar:

Eyling (26), Kuper (90), Allan (90).


Manba: championat.asia