APL klubi Koutino bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
4 apr 2020
"Chelsi" "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoni nishonga oldi.

"Aristokratlar" futbolchi bilan muzokaralarni ham boshlab yuborishgan.

"Barselona" braziliyalik futbolchi  uchun 80 million funt talab qilmoqda. "Ko'klar" Koutinoning agenti Kia Jurabchian bilan yaxshi munosabatlarga egalar va Kataloniya klubi bilan bo'layotgan muzokaralarda unga ishonishadi.

Eslatib o'tamiz, Koutinoga shuningdek "Tottenxem" "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqish bildirmoqda.


AlisherMuallif
Manba: sport.es