APLning ikki jamoasi "Leypcig" hujumchisiga davogar

Sherzod Nurmatov
19 apr 2024
Futbolchi yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"Leypcig" hujumchisi Benyamin Sheshko "Chelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchining ingliz klublaridan biriga o'tish ehtimoli yuqori. Futbolchining tovon puli 50 million evroni tashkil qiladi. Sloveniyalik futbolchiga "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda, biroq "kanonirlar"da hujumni kuchaytirish uchun boshqa nomzodlar borligi xabar qilingandi.

Sheshko "Leypcig"da o'zining ilk mavsumini o'tkazmoqda. 20 yoshli forvard ushbu mavsum barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda qatnashib, 13 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Daily Express

Izohlar

Umirqulov
19 apr 2024
Bu sheshko ikkinchi xoland buloladi