"Arsenal" hujumchisi 11 oy ichida ilk bor maydonga tushdi

Sherzod Nurmatov
11 dek 2025
"Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus 11 oy ichida birinchi marta futbol o'ynadi.

Mikel Arteta Chempionlar Ligasi doirasidagi "Bryugge"ga qarshi (3:0) o'yinning 62-daqiqasida braziliyalik futbolchini zaxiradan tushirdi. 28 yoshli futbolchi hisob 3:0 bo'lib turgan paytda Viktor Gyokereshning o'rnini egalladi. Bu - Jezusning 12 yanvardan buyon birinchi marta maydonga tushishi: o'sha kuni u Angliya Kubogi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda xochsimon bog'lamini uzib olgan va uzoq muddatga safdan chiqqan edi.

Gabriel Jezus 2022 yili "Manchester Siti"dan "Arsenal"ga transfer qilingan. Hujumchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN