"Barselona" Fatidan qutulmoqchi

Alisher
19 mar 2025
"Barselona" yozda ispaniyalik vinger Ansu Fati bilan xayrlashmoqchi.

Qayd etilishicha, futbolchi qishda boshqa klublarning beshta taklifini rad etgan. U Kataloniya jamoasini tark etishni istamayapti. "Barselona" yozda yana Fati bo'yicha taklif olishi kutilmoqda. Agar "Barselona" ispaniyalikni sotishga muvaffaq bo'lsa, klub yangi vinger sotib oladi.

Avvalroq, OAVda ispan grandi "Liverpul" vakili Luis Diasga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ansu Fati joriy mavsum "Barselona" safida 8 ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano