"Barselona" "Granada" darvozaboni Mashimianuga qiziqmoqda. Uning tovon puli - 25 mln evro

Alisher
11 okt 2021
"Barselona" jamoaga yangi darvozabon taklif etish ustida ishlamoqda.

Kataloniya klubi qiziqishlari doirasiga "Granada" posboni Luish Mashimianu tushib qoldi.

"Ko'k-anorranglilar" vakillari portugaliyalikning o'yinlarini hali "Sporting"da harakat qilib yurgan paytidayoq kuzatishgan edi.

22 yoshli Mashimianu "Granada"ga o'tgan yozda 4,5 mln evro va 500 ming mablag' ko'rinishidagi bonuslar evaziga o'tdi. Uning shartnomasida tovon puli 25 mln evro etib ko'rsatilgan.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo