Bobur Qosimov: “Bugungi g'alabani Jizzax muxlislariga bag'ishlaymiz”

Narzulla Saydullayev
16 apr 2016
Oliy liganing 5-turida “Sug'diyona” jamoasi Farg'onada “Neftchi” jamoasi mehmoni bo'lib 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu o'yindan so'ng “Sug'diyona” jamoasi yarim himoyachisi, bahsdagi yagona gol muallifli bo'lgan Bobur Qosimov bilan suhbatlashdik.

- Bugungi o'yin qahramoni sifatida bahs haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz.
- O'yin juda og'ir kechdi. “Neftchi” jamoasi o'yin davomida juda ko'p hujumlar tashkil etdi. Murabbiyimiz Davron Fayzievning barcha  ko'rsatmalarini bajarib Jizzaxga g'alaba bilan qaytayapmiz. Jamoaviy o'yin ko'rsatdik va qimmatli 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Bugungi g'alabamizni bizni doimo qullab-quvvatlagan Jizzax muxlislariga bag'ishlaymiz. Hammaga katta rahmat.

Dildora Xolboeva suhbatlashdi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia