

Ushbu o'yindan so'ng “Sug'diyona” jamoasi yarim himoyachisi, bahsdagi yagona gol muallifli bo'lgan Bobur Qosimov bilan suhbatlashdik.
- Bugungi o'yin qahramoni sifatida bahs haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz.
- O'yin juda og'ir kechdi. “Neftchi” jamoasi o'yin davomida juda ko'p hujumlar tashkil etdi. Murabbiyimiz Davron Fayzievning barcha ko'rsatmalarini bajarib Jizzaxga g'alaba bilan qaytayapmiz. Jamoaviy o'yin ko'rsatdik va qimmatli 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Bugungi g'alabamizni bizni doimo qullab-quvvatlagan Jizzax muxlislariga bag'ishlaymiz. Hammaga katta rahmat.
Dildora Xolboeva suhbatlashdi



