

"2016 yilda "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin edim. Ular "Yuventus"ga 100 mln evro taklif qilishdi, ammo biz Turin klubi bilan hamkorlik qilishda davom etishga qaror qildik.
2017 yilda ham "Yuventus" meni sotuvga qo'yganidan so'ng kyetish haqida muloqotlar bo'lgandi... Yakunda barchasi o'z navbati bilan sodir bo'ldi.
Gvardiola qo'l ostida o'ynash katta natija bo'lardi, u meni kuchaytirardi. Ammo, shikoyat qilishim gunoh, sababi klub miqyosida va shaxsiy ko'plab sovrinlarni yutdim, shuningdek Italiya terma jamoasi bilan Yevropa chempioniga aylandim. Doim yuragimga quloq solganman, shu sabab ham "Yuventus"da qolganman", - deydi Bonuchchi.



