"Chelsi" himoyachisi uchun yil tugadi

Omonjon To`xtamirzayev
2 dek 2024
"Chelsi" himoyachisi Uesli Fofana APL 13-turi doirasida "Aston Villa"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

"Aristokratlar" ustozi Enco Mareska mazkur ma'lumotni tasdiqladi.

"Bu noxush yangilik. Unda mushaklari bilan bog'liq jarohat yuz bergan. Chamasi, bu tizzaosti bo'g'imining jarohati va uni davolash uchun uch, to'rt va besh haftagacha vaqt talab etiladi. Bu biz uchun katta yo'qotish".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Бен Жейкобс "Твиттери"