"Chelsi" ikki hujumchisi bilan xayrlashadi

Sherzod Nurmatov
9 aug 2024
"Ko'klar" bu futbolchilarga ishonch bildirmaydi.

"Chelsi" hujumchilari Armando Broya va David Fofana transfer oynasi yopilguniga qadar jamoani tark etmoqchi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

"Aristokratlar" futbolchilar bilan hisoblashmaydi, shuning uchun ularni ijaraga yubormoqchi. Bu futbolchilar londonliklar yangi murabbiylar shtabi uslubiga ham to'g'ri kelmayapti.

Avvalroq Broyaga "Milan", "Shtutgart" va "Monako" klublari qiziqish bildirayotgandi. Fofana haqida hozircha malumot yo'q.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: twitter.com/FabrizioRomano

Izohlar

Dilmurod Umarov
9 aug 2024
Armando Broya Shuttgart yoki Monako jamoalaridan biriga o'tsa,muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lib,o'yini yana ochilib ketish ehtimoli bor