Enco Mareska jamoasi APLning 25-turida 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
"Chelsi" 8 marta zarba berdi, ammo ularning birortasi darvoza tomonga bormadi. Shunga qaramay to'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik "aristokratlar" tomonda edi.
"Brayton" 13ta zarba berdi va ularning 5tasi aniq bo'ldi.
"Chelsi" 2021 yilning sentyabridan beri ilk marta Premer-liga uchrashuvida darvozaga aniq zarba bera olmadi. Oxirgi bor bunday salbiy natija "Manchester Siti"ga qarshi bahsda kuztilgan edi.
Izohlar