Davron Hoshimov: "Golni farzandimga bag'ishlashganidan xursand bo'ldim"

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2019
Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Ummon (2:1) uchrashuvidan so'ng Davron Hoshimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu o'yinga qattiq tayyorgarlik ko'rdik, uchrashuv qiyin o'tishini bilardik. Chunki Superliga tugaganiga ancha bo'ldi. Uchrashuvdan oldin irodali o'yin ko'rsatishimizni jamoamiz sardori Odil Ahmedov aytib o'tgandi.

Urilgan golni kecha tug'ilgan farzandimga bag'ishlashganidan juda ham xursand bo'ldim. O'g'limga Diyorbek deb ism qo'ydik", - deydi Davron Hoshimov.


Narzulla Saydullaev yozib oldi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia