Dilyaver Vaniev: "Alamli natija..."

Narzulla Saydullayev
14 mar 2020
Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar katta murabbiyi Dilyaver Vaniev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




"Bugun o'z maydonimizda durang o'ynadik, juda ham alamli natija. "Qizilqum" jamoasi biroz xayron qoldirdi. Qaysi manoda? Ular uch markaziy himoyachi bilan o'ynashdi va asosiy etiborni himoyaga qaratishdi. Ularning standartdan urgan goli bizning rejani chalkashtirib yubordi.

Biz o'yinda ustunlikka erishdik, vaziyatlar yaratdik. Hisob 1:1, nima ham qila olardik.

Ikkinchi taymda ko'proq hujum qildik, to'p bilan ko'proq muomalada bo'ldik. Yigitlarning jismoniy holati yaxshi holatda.

Didar Durdiev nega zaxiradan maydonga tushmoqda? Sababi Mo'min Meliev yomon o'ynamayapti, shu bois turkmanistonlik futbolchini zaxiradan maydonga tushirayapmiz.

Ella Ken yomon o'ynamadi, harakat qildi, ammo o'zi almashtirishlarini so'radi", - deydi Dilyaver Vaniev.



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Uz_chemp
14 mar 2020
Chimch
Voha futboli
15 mar 2020
Ваниев яхши жамо тузган омад йетишмади бугун озрок Яхши уйин кийинги уйинга омад тилаймиз Олгаа Машал !
Граф Монтo Kpиcтo
14 mar 2020
Туман командаси Маьшал Вилоят бош жамоси билан уйнаш яхши натижа. Бугунги кун Узбекнинг энг энг зур уйинчиси бу бу ШОМУРОДОВ булади у Россияни заб этди энди навбат ЕВРОПА. Шукуров Арабларда у хам зур Маьшалга омад.