

Niderlandiyalik mutaxassis hujum chizig'ida kamchilikni to'ldirish uchun Qatardagi mundialda Niderlandiya terma jamoasining muvaffaqiyatli ishtirokida munosib hissa qo'shib, guruh bosqichining barcha uch o'yinida gol urgan hamyurti Kodi Gakponi tarkibga qo'shib olishni xohlaydi.
"Qizil iblislar" yozda 23 yoshli forvardga rasman qiziqish bildirgan edi. Endi Gakpo uchun yanvarda qattiq kurashishga to'g'ri keladi.
PSV forvardiga Angliya Premer-ligasining bir qator top-klublari, jumladan, "Arsenal", "Chelsi" va "Liverpul" jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Eyndxoven klubi esa yosh iqtidor egasini mavsum so'ngiga qadar qo'yib yubormoqchi emas.



