Eshitdik-da! "Neftchi" nigeriyalik yarim himoyachi bilan kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2024
Nigeriyalik yarim himoyachi Benjamin Teydi 2024 yilni "Neftchi" safida boshlashga yaqin.

Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

Bendamin Teydi professional faoliyatini Gruziyaning "Gagra" jamoasida boshlagan. U faoliyati mobaynida Gruziya va Latviya klublarida harakat qilgan. 

29 yoshli futbolchi 2023/24 yilgi mavsum "Dinamo" Batumi tarkibida 34 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia