Fabio Kannavaro iste'foga chiqarildi

Mirjalol Normatov
5 fev 2023
"Benevento" matbuot xizmati bosh murabbiy bo'lib ishlagan Fabio Kannavaroning iste'foga chiqarilganini ma'lum qildi.

49 yoshli italiyalik mutaxassis 2022 yilning sentyabr oyidan buyon B Seriya jamoasi bilan ishlab kelayotgandi.

23 o'yindan keyin "Benevento" B Seriyada 19-o'rinda ketmoqda.

Fabiodan tashqari uning yordamchisi, ukasi Paolo Kannavaro ham ishdan ketgan.

Kannavaro 2006 yilda "Oltin To'p"ni qo'lga kiritgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal