Rasman: Kannavaro - "Benevento" bosh murabbiyi

Оқил Абдубарноев
21 sen 2022
"Benevento" klubi o'zining rasmiy saytida Fabio Kannavaro jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangani haqida e'lon qildi.

Italiya terma jamoasining sobiq sardorining klubga kelgani payshanba kuni keng jamoatchilikka e'lon qilinadi.

Ayni damda "Benevento" B seriyada, yani Italiyaning ikkinchi o'rindagi futbol divizionida o'ynaydi. Jamoa hozirda turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda.

"Benevento" B seriyaning navbatdagi o'yinini 2 oktyabr kuni o'z maydonida "Askoli"ga qarshi o'tkazadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: beneventocalcio.club