

Klub o'tkazilgan olti uchrashuvda atiga 1 ochko qo'lga kiritdi. Xo'sh, jamoaning muvaffaqiyatsizliklariga nima sabab bo'lmoqda? Bu borada bosh murabbiy Farruh Zokirov bilan bog'landik.
“2-tur natijalariga ko'ra ahvolimiz yaxshi emas.Bu turda chempionat yetakchi grandlariga etarlicha qarshilik ko'rsata olmadik. Bazi bir yetakchi futzalchilarimizni oilaviy sabablariga ko'ra, Xorazmga olib keta olmadik. Bu ham natijalarimizga o'z ta’sirini ko'rsatdi. Yoshlar esa jamoaga etarlicha kirishib ketgani yo'q.
Mavsum davomida o'yinlar hali ko'p va vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz. Bazi bir o'yinchilar bilan xayrlashib, jamoaga yangi yoshlarni jalb qilmoqchimiz va selekciyani susaytirmaymiz.
Moliyaviy tomondan barchasi klub tomondan o'z vaqtida bajarilmoqda. Maoshlar bo'yicha kechikish kuzatilgani yo'q.
Qishki transfer oynasida yangi futzalchilarni taklif qilib, yangi shartnomalar tuzilsa,yaxshi o'rinda tugatishga intilamiz. Hozirgi holatdan kelib chiqib yuqori oltitalikni ko'zlab turibmiz”, - dedi Zokirov.



