Firmino Saudiya Arabistonidagi ilk o'yinida xet-trik qayd etdi

Aziz Tukhtamuradov
12 avg 2023
Saudiya Arabistonida yangi mavsum boshlandi.

Mavsumning ilk o'yinida "Al Ahli" jamoasi "Al Hazm"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. 

"Al Ahli" jamoasi tarkibida Roberto Firmino, Riyad Marez, Frank Kessi kabi futbolchilar to'p tepdi. O'yinda "Al Ahli"ning uchta goliga ham "Liverpul"ning sobiq hujumchisi Firmino mualliflik qildi. 

Saudiya Arabistoni chempionati

1-tur

"Al Ahli" - "Al Hazm" 3:1

Gollar: Firmino 6, 10, 72 - Vina 50.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia