E'tiborni kelajak avlod vakillariga qaratish orqali katta yutuqlarga erishish mumkin ekanligini esa Ayaks va Barselona jamoalari butun dunyoga isbotlab berdilar. Bugun men yozadigan maqola bolalar futbolining infrastrukturasiga qaratiladi. Bizdagi bugungi mentalitet va sharoitlardan kelib chiqib, Ispaniya yoki Gollandiyadan andoza olishimizga ancha erta. Uzoqqa borish kerak emas, aslida oliy liganing aksar klublari Paxtakor siyosatini tanlay olsalar shuni o'zi katta gap. Moddiy tomondan qiyinchilikka uchramayotgan jamoalar esa, bizdan 20-30 yil ilgarilab ketgan kuchli beshlik emas, yaqin-yaqindan rivojlana boshlagan va o'z mevasini berayotgan davlatlarning ish uslublarini o'rganishimiz kerak. Bugun katta byudjetga ega bo'la turib asosiy tarkibni emas, shaharda bolalar futboliga pul tikayotgan Krasnodar jamoasi haqida fikr yuritaman. Quyidagi maqolada Rossiyada birinchi raqamli akademiya bo'lishni niyat qilgan Krosnadar klubi haqida hikoya qilinadi.
Bugungi kunda Krosnadar yillik byudjet bo'yicha Rossiya premer ligasida 10 pog'onadan joy olgan. Jamoaning yillik byudjeti 45 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Ammo akademiyaga bo'lgan e'tibor bo'yicha, jamoa Rossiyada bugungi kunda birinchi o'rinda. Hattoki 280 mln $ byudjetga ega bo'lgan Zenitning maktabiga yaratgan shaoriti Krasnodarchalik emas. Rossiyalik ish bilarmon milliarder Sergey Galickiy tomonidan 2008 yil tashkil qilingan bu klub o'z ishtirokini Rossiya ikkinchi divizionida boshladi. Ilk urinishdayoq o'z mintaqasida uchinchi o'rinni qo'lga kiritadi. Rossiya birinchi divizionidagi iqtisodiy muammo tufayli Galickiyning jamoasi muddatidan avval 1-divizion ishtirokchisiga aylandi. Huddi shunday tarzda ligadagi ikkinchi mavsumidan keyin Krasnodar premer ligasida o'zini bonkrot deya e'lon qilgan Saturn jamoasi o'rniga kuchlilar safiga qo'shildi. RFL nima uchun Krasnodar uchun bunday saxiylik qilishini asosiy ikkita sababi bor edi. Birinchisi jamoaning moliyaviy holati chakki emas, ikkinchisi esa jamoa tuzilgan kundan boshlab o'zining shaxsiy akademiyasi ham professional tarzda faoliya yurita boshladi.
Bir necha yil o'tib jamoamizni asosiy tarkib futbolchilari Krasnodar shahri tarbiyalanuvchilaridan tashkil topishi kerak. Buning uchun akademiyamizda barcha imkoniyatlarni yaratib beramiz, - deydi jamoa rahbari Sergey Galickiy.
Krasnodar jamoasining akademiyasi bilan yaqindan tanishar ekanman, u yerda bolalar uchun yaratilgan sharoitni maqtamasdan ilojingiz yo'q. Ayni paytda Krasnodar viloyatida jamoaning 29ta filiali mavjud bo'lib, 3500 nafarga yaqin bolaga futbolni dastlabki sir asrorlarini o'rganyapti. Quyida ko'rib turgan suratingiz, Krasnodar akademiyasining markazi bo'lib u yerda yoshlar uchun barcha shaoritlar yaratilgan. Akademiya hududida 3000 kishiga mo'ljallangan stadion bo'lib, bu yerda yoshlar ligasida ishtirok etadigan jamoa uy uchrashuvlarini o'tkazadi. Shu bilan birga 8ta tabiiy, 2ta sun'iy hamda 2ta monejli maydon bolalar ixtiyorida. Akademiya hududida 6-11 sinfda o'qiydigan bolalar davlat talim dasturi asosida o'qishlarini ham davom ettiradilar. Akademiyaning o'quv korpusiga faqat va faqat havas bilan qarash lozim. 29ta filial Krosnadar tumanlarida joylashgan bo'lib, u yerdagi eng katta yosh vakillari sifatida 2001 yilda tug'ilgan o'smirlarni kuzatishimiz mumkin. 13 yoshga to'lgan yosh futbolchilar esa tanlov asosida akademiyaga qabul qilinadilar. Krosnadar bu huddudagi yagona akademiyasiga ega jamoa emas. Ularning asosiy raqobatchisi Kuban bo'lib, jamoa byudjet bo'yicha Krosnadardan bor yo'g'i 5 mln $ga kam mablag'ga ega. Jamoa 1928 yilda tashkil topgan bo'lishiga qaramay, Rossiya premer ligasida o'zining muqim o'rniga ega emas. Bu jamoani puli bo'lgani bilan yaxshi futbolchilar Spartak, Zenit, SSKA va shunga o'xshash klublardan ortmaydi. Yaxshi futbolchini o'ynatish uchun Anjiga o'xshagan katta kuch kerak, ammo Anji loyihasi o'zini oqlamadi. Shundan ma'lumki, faqatgina mahalliy futbolchilarni tarbiyalash orqali, shahar va ota-onaga muhabbat uyg'otish bilangina biron-bir natijaga erishish mumkin. Krosnadarning tanlagan yo'li aynan shunday falsafani o'z ichiga oladi. Bevosta o'zimizga qaytar ekanman, Guliston, Navbahor, Dinamo yoki Surxon kabi jamoalar o'z maktablarini yaratish orqaligina O'zbekistonda natijaga erishishlar mumkin. Bizda ham Rossiyada bo'lgani kabi futbolchilarda tanlash imkoniyati mavjud. Bunyodkor, Nasaf, Neftchi, Olmaliq va Metallurg jamoalarining moliyaviy holatini stabil ko'rsatgichga ega ekanligini inobatga olsak, bu klublardan tushadigan takliflarga futbolchilar rad javobini berishga ojizlik qiladilar. Katta byudjetga ega bo'lmagan Paxtakor MTJ saviyasidagi futbolchilarga juda ham kam maosh to'lash bilan cheklanayotgan bo'lsada, futbolchilar bundan norozi emaslar.
Krosnadar siyosatini o'zimizni Paxtakor va Mashal klublariga o'xshatish mumkin. Bu uch klub bugungi kunga kelib o'z yoshlar jamoasini to'liqligicha akademiya tarbiyalanuvchilari hisobiga to'ldirib bo'ldilar. Ayni paytda Krosnadar klubi ham biznikilar kabi Rossiya premer ligasining yoshlar ligasida to'liq Rossiya fuqarosi bo'lgan yoshlardan iborat topgan. Bu jamoani biz uchun yaxshi tomoni shundaki, turli yoshdagi terma jamoamiz yoki klublarimiz bo'ladimi hech qachon o'rtoqlik uchrashuvi yoki shunga o'xshash o'yinlarga rad javobini bermaganlar. Shu yilning yanvar oyida yoshlar terma jamoamiz va Farg'onaning Neftchi jamoasi BAAda tashkil etilgan mavsum oldi yig'inida bu klubga qarshi maydonga tushganlar. Bu o'yinlarni tomosha qilish uchun jamoa prezidenti Galickiy ham kelgan. Ikki yoshlar jamoasi o'rtasida bo'lib o'tgan bahsda biznikilar 2:0 hisobida g'alaba qozongan edilar. Paxtakor jamoasining 1996 va 1997 yillarda tavallud topgan futbolchilar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvlardan birida Krosnadar penaltilar seriyasiga ko'ra Dilshod Nuraliev jamoasini mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, Jasur Abduraimov tarbiyalanuvchilari 2:1 hisobida imkoniyatni boy berganlar. Klub saytiga kirib, arxiv ma'lumotlarini olar ekansiz, bizning jamoalarga nisbatan ilq fikrlarni o'qiysiz. Bizda haqiqatdan ham yoshlar juda istedodli sanaladilar, ammo ularga klublar tomonidan berilayotgan e'tiborlar kishining tabini xira qiladi. Balki Bahrom Davlatovning Bunyodkor jamoasida niyat qilgan vazifasini bajara olmagandir, ammo Mashal jamoasida olib borgan ishi taqsinga loyiq. Huddi shunday fikrlarni Samvel Babayanga nisbatan ishlatishimiz mumkin. Bugun Sergey Lushan boshqaruvidagi Bunyodkor akademiyasi ham katta imkoniyatga ega bo'lib turibdi. Undan kam bo'lmagan sharoitga ega Nasaf bor. Bu jamoa akademiyasi ukrainalik mutaxassis Sergey Kucherenkoning dasturi asosida faoliyat yurityapti. Kuni kecha Nasafning 2000 yilda tavallud topgan jamoasi Ukrainada tashkil etilgan xalqaro musobaqada faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritib qaytdi. Xalqaro musobaqalarda ishtirok etish orqali klub murabbiyining dunyo qarashi, taktik bilimi va salohiyati oshib boraveradi. Futbolchilarning o'zlarida esa jahon futboli bilan yaqindan tanishish imkoniyati paydo bo'ladi. Afsuski bugungi kunda klublarimizni xalqaro musobaqalarda ishtirok etishlari uchun etarlicha mablag'ga ega bo'lmayaptilar. Mablag' bor jamoas esa oliy ligada natija ko'rsatish uchun, g'alabaning boshqa yo'lini tanlayapti!
Balki, bizda Krosnadar saviyasidagi akademiyani ochishga moliyaviy jihatdan hali ertadir, lekin yil sayin yo'qotilayotgan istedodlarni saqlab qolish uchun kichik bo'lsada, rivojlanish dasturini ishlab chiqish darkor. Eng avvalo yoshlar murabbiylariga beriladigan maoshlarni oshirish va biron-bir terma jamoa uchun yulduz tarbiyalagan murabbiyni rag'batlantirish fikrini ilgari surish lozim. Oddiy misol bugungi kunda yoshlar yoki o'smirlar terma jamoasining muvaffaqiyatlari bir kishi bilan bog'lashga o'rganib qoldik, aslida turli viloyatlardan kelayotgan yoshlarni tarbiyagan mahalliy murabbiylar haqida hech qanday gap ochilmaydi. Mavsumni 2ta to'p bilan o'tkazadigan futbol maktablari ham yo'q emas.
Agar birinchi ustozlarimiz o'zlariga berilayotgan e'tiborni oshayotganligiga amin bo'lsalar, ularning ish unumdorliklari ham o'sish tabiiy. Har bir mehnatning tagida manfat bo'lishi lozim, hech birimiz biron-bir manfatni ko'zlamasdan ish qilmaymiz. Keying maqolamda Koreyada ko'rganlarim haqida batafsil ma'lumot beraman. Janubiy Koreyada futbol nimaning evaziga rivojlanib ketganligini o'qish, menimcha bizning mutaxassislarimizga ham ortiqchalik qilmaydi.
Nodirxo'ja Yuldashev

- So'nggi paytlarda yoshlarimizni pulga o'rgatib qo'yayotgandekmiz. Biron-bir musobaqada muvaffaqiyatga erishsak, terma jamoa murabbiylari va futbolchilarimizni moddiy rag'batlantirishi odat tusiga aylandi. Albatta bu yaxshi, ammo shunday paytlarda o'sha futbolchilarni yoshlik chog'ida futboldagi ilk saboqlarni bergan murabbiylarni eslab o'tishimiz kerak deb o'ylayman. Moddiy mablag' futbolchiga emas, ularni tarbiyalagan murabbiyga berilsa futbolchilarimiz hafa bo'lmasalar kerak. Axir ularni shu darajaga chiqishlarida birinchi ustozlarining xizmati katta bo'lmaganmi?