

"Biz yaxshi holatdamiz: ligada yetakchimiz, Angliya Kubogi chorak finalidamiz va albatta Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqdik. Menimcha, hozir yaxshi davrni boshdan kechirmoqdamiz.
Jamoa a'zolarining aksariyat qismi – sovrin yutgan yigitlar. Ushbu mavsumda har birimiz Chempionlar Ligasida zafar quchish haqida o'ylayapmiz, bunga shubham yo'q. Albatta, biz ishtirok etayotgan har bir turnirda g'alaba qozonsak, ajoyib bo'lardi. Hali yutmadik, ammo bu ongimizda saqlanib turibdi", – dedi Grilish.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" Chempionlar Kigasi 1/4 finalida Madridning “Atletiko” jamoasi bilan bahs olib boradi.



