Gvardiola: "Arsenal" Emeri bilan sovrinlarga davogarlik qilishiga shubham yo'q"

Mirjalol Normatov
12 avg 2018
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Arsenal"ga Unai Emeri bosh murabbiy etib tayinlangani borasida fikr bildirdi.

"Arsenal" yana sovrinlar uchun kurashadigan jamoaga aylanishi mumkin. Ularda bunga etarlicha kuch bor. Emeri ham ushbu talab darajasida tajribali. U Fransiyada ishladi, Ispaniyada bir necha jamoalarda faoliyat olib bordi.

Balki bu maslahat kimgadir foydasi tegar: bu erga kelganimda ko'pchilik bu bunday qilinmaydi, u bunday bajariladi, deb o'rgatishga harakat qilgandi. Ammo barcha processni o'zim ko'rib o'rgandim.

Unai - aqlli, tartibli, anchagina etuk murabbiy, u nima qilish kerakligini yaxshi biladi. Uning faoliyatiga katta hurmat bilan qarayman. U o'zi qattiq ishlab, faoliyatini ajoyib darajaga keltira oldi va o'z jamoalarini kuchli raqibga aylantirdi. U hozirda APLda faoliyat olib borayotgan eng yaxshi murabbiylardan. Uning qo'l ostida "Arsenal" sovrinlar uchun kurasha oladi", - dedi Gvardiola.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com