Hamidjon Aktamov: "Surxon"da uzoq vaqt davomida ishlayman"

Sherzod Nurmatov
7 okt 2022
Termizning "Surxon" klubi tizimida ishlab kelayotgan Hamidjon Aktamov jamoada ishlashda davom etishini ta'kidladi.

"Surxon" loyihasi men uchun sinov. Men jamoada anchadan beri ishlamoqdaman va mening vazifam klubning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish. "Surxon" jamoasini raqobatbardosh jamoaga aylantirish asosiy vazifamiz hisoblanadi. Men jamoada uzoq vaqt davomida ishlayman", – dedi 44 yoshli mutaxassis.

Aktamov ko'p yillar davomida Navoiyning "Qizilqum" klubida turli lavozimlarda ishlagan. U avgust oyi oxiridan beri "Surxon" bosh menejeri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати