Jamshid Saidov: "Qizil kartochka o'yin natijasiga tasir ko'rsatdi"

Alisher
18 may 2024
Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Olimpik" (2:4) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yin tizginini qo'ldan boy berdik. Ikkinchi bo'lim kutilmagan vaziyatlarga boy bo'ldi. Qizil kartochka rejalarimizni o'zgartirib yubordi.


- Akaki Shulayaning chetlatilishi o'yin natijasiga qanchalik tasir qildi? Umuman ushbu kartochkaga munosabatingiz qanday?

- Aytib o'tdim, qizil kartochka bizning rejalarimizga tasir ko'rsatdi. Shulaya maydondan chiqib ketganidan so'ng o'yin tizginini qo'ldan boy berdik. Shuningdek, "Olimpik" vakillari ham ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirishdi. 

- Sherzod Fayzievning o'yin oldidan jarohat olishi rejalaringizga tasir qildimi?

- Bu futbol, unda shunaqa holatlar ham bo'lib turadi. Fayzievning jarohat olishi sabab o'zgarish qilishga majbur bo'ldik. Dastlabki rejaga bu holat tasir ko'rsatdi.

- Elgujaning birga-bir vaziyatdan foydalana olmasligi nima bilan bog'liq?

- O'yin amaliyoti kam bo'lganligi sabab unda vaziyatni his qilishda aniqlik etishmadi. Navbatdagi o'yinlarga to'liq tayyor bo'ladi degan umiddamiz.

Stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislardan mag'lubiyat uchun uzr so'raymiz. Navbatdagi uchrashuvlarda g'alaba qozonib, ularni uyga yaxshi kayfiyatda qaytishlariga harakat qilamiz.




AlisherMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Xumoyun Faxriddinov
19 may 2024
Qizilqum o'yinni yaxshi tashkil qilyaishi, murabbiy imzosi bor Jamoani yaxshi shakllangan qizil sindirdi o'yinni Jamshid boshni yerga egmaslik kerak sila yutqazmadiyla bugun biz muxlisla uchun yutdiylaa Malatsii Bollar Malatsi Jama Saidov