Jan-Pero Gasperini: "Aniqroq bo'lganimizda ikkinchi golni ham urardik"

Mirjalol Normatov
24 avg 2025
"Roma" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini A Seriyaning 1-turi doirasida "Bolonya" (1:0) ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

"Yigitlarni tabriklayman. Bu birinchi o'yin edi, bunday paytda futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonchsizlik, maydondagi poziciyalarda noaniqlik kuzatiladi. Biz mavsumni juda yaxshi jamoaga qarshi o'yin bilan boshladik va bizda umidlar oshib ketdi.

Tarkibimizda yosh futbolchilar ko'p, ular hali rivojlanishlari kerak. Lekin ular bugun nimalarga qodir ekanligini namoyish qilib berishdi. Jamoam bugun tartibli o'ynadi, ko'plab ijobiy holatlarni ko'rdim. Biroq muxlislarning bahosi bizni quvontirmasa kerak.

Agarda aniqroq bo'lganimizda ikkinchi golni urib, o'yinni tugatib qo'yishimiz kerak edi. Ha, biroz yomonroq holatlar ham bor. Lekin jamoada jangovarlik ko'rinib turibdi", - dedi Gasperini.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia