"Lids" forvardi Rafinya 50 mln evro evaziga "Bavariya"ga o'tadi

Alisher
25 dek 2021
"Lids" hujumchisi Rafinya "Bavariya" o'yinchisiga aylanadi.

Transfer narxi 50 million evroni tashkil etadi. Transfer qishki transfer oynasidayoq sodir bo'ladi. Uning sobiq klubi bo'lmish "Avai" 1,5 million evro oladi.

25 yoshli braziliyalik futbolchi 2020 yilning oktyabridan beri o'ynaydi, u Angliya jamoasiga "Renn"dan o'tgan edi.

Rafinya joriy mavsum APL doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: TNT Sports Brasil