"Lion"ga qaytgan Tolisso jarohat oldi

Alisher
9 iyul 2022
"Lion" kecha o'z ijtimoiy sahifalari orqali yarim himoyachi Korenten Tolisso chap oyog'idagi mushaklarida charchoq his qilganini ma'lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, futbolchi o'zgartirilgan tayyorgarlik protokoli bo'yicha mavsumga tayyorgarlikni davom ettiradi.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Tolisso 1 iyulda erkin agent maqomida "Lion" bilan shartnoma tuzgan.

"Lion" tarbiyalanuvchisi bunga qadar besh yil davomida "Bavariya"da o'ynadi.


AlisherMuallif
Manba: ol.fr