"Liverpul" Kevinga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
4 noya 2025
"Liverpul" "Fulxem" hujumchisi Kevinni sotib olishga urinib ko'radi.

Manbaga ko'ra, "qizillar" yaqinda o'zlarining bosh skautini 2025 yil yozida "Shaxtyor"dan "Fulxem"ga o'tgan 22 yoshli braziliyalikni kuzatish uchun yuborgan. U o'zining driblingi va gol urish qobiliyati bilan "Liverpul" rasmiylarini hayratda qoldirdi.

Kevin 2025/26 yilgi mavsum 9 o'yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Transfermarkt uning transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider