"Lokomotiv"ni mavsumning oxirgi o'yinida Denis Korostichenko boshqaradi

Aslanov Jasurbek
27 noya 2021
Bugun bo'lib o'tadigan Superliga 26-tur uchrashuvidan so'ng "Lokomotiv" uchun navbatdagi mavsum o'z yakuniga etadi.

"Temiryo'lchilar" bugun Qarshida "Nasaf"ga qarshi bahs olib borishadi.

Xabaringiz bor, portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyra klub bilan o'zaro kelishgan holda "Lokomotiv"ni tark etdi. Shundan so'ng ko'pchilik muxlislarda "Lokomotiv"ni oxirgi o'yinda kim boshqaradi?" kabi savollar yuzaga kela boshladi. Klub rahbariyati mavsumning so'nggi rasmiy o'yinida jamoani Mikael Sekerayga yaqindan yordam berib kelgan Denis Korostichenko boshqarishini futbolchilarga ma'lum qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати